Dunyo bo‘ylab 10 millionga yaqin bola pandemiyadan keyin ham maktabga qaytmasligi mumkin

Dunyo bo‘ylab 10 millionga yaqin bola pandemiyadan keyin ham maktabga qaytmasligi mumkin

Dunyo bo‘ylab 9.7 million bola ta’limni moliyalashtirish kamayganligi sababli koronavirus pandemiyasidan keyin ham maktabga qaytmaydi.

Ushbu ma’lumotlar Buyuk Britaniyaning “Save the Children” nodavlat tashkiloti tomonidan ma’lum qilindi.

Hisobotda shunday bolalar yashaydigan G‘arbiy va Markaziy Afrikada joylashgan 12 mamlakat, shuningdek, Yaman hamda Afg‘oniston qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, buning natijasida gender tengsizligi vujudga kelishi, shuningdek, erta turmushlar ko‘payishi mumkin, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!