Demokratlarning 80 foizdan ortig‘i Baydenning qadamini qadrlaydi

Demokratlarning 80 foizdan ortig‘i Baydenning qadamini qadrlaydi

AQShda Demokratik partiya a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 80 foizdan ortig‘i prezident Jozef Baydenning saylovoldi poygasidan chiqishini ma’qullaydi.

Bu haqda “YouGov” tadqiqot kompaniyasi va “CBS News” telekanali o‘tkazgan so‘rovdan ma’lum bo‘ldi.

Respondentlarning deyarli yarmi bu qadam Demokratik partiyaning saylovda g‘alaba qozonish imkoniyatini oshiradi, deb hisoblaydi.

So‘ralganlarning 83 foizi Baydenning o‘z nomzodini qaytarib olish qarorini qadrlashini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!