Davlat xizmatlari markazlari stiker bermaydi

Davlat xizmatlari markazlari stiker bermaydi

Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan transport harakatlanishi vaqtincha cheklanib, karantin joriy etilishi haqidagi xabari tarqalganidan so‘ng, Davlat xizmatlari agentligi ijtimoiy sahifalari va telegram-botiga mashinalarga stiker berish bilan bog‘liq savollar kelib tushib, aholi o‘rtasida turli anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

❗️ DXA axborot xizmati xabar berishicha, Maxsus komissiya bayoniga ko‘ra, joriy yilning 9 aprelidan boshlab Davlat xizmatlari markazlari orqali harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi TO‘XTATILGAN.

Bugungi kunda DXAga Davlat xizmatlari markazlari orqali stiker berish haqida hech qanday topshiriq belgilangani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!