Damashq viloyatiga 2013 yildan beri ilk bor gumanitar yordam yetkazildi

Damashq viloyatiga 2013 yildan beri ilk bor gumanitar yordam yetkazildi

Suriyaning qamaldagi Fua va Kafraya shaharlarning barcha aholisi nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq evakuasiya qilindi. Damashq viloyati aholisi esa 2013 yildan beri ilk bor gumanitar yordam oldi. Bu haqda Nyu-Yorkda o‘tkazilgan brifingda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Farhon Xon ma’lum qildi.

Evakuasiya qilingan yetti mingga yaqin kishi Suriya Qizil xoch qo‘mitasi xodimlari hamrohligida Halab viloyatiga yetib kelgan. Tibbiy yordamga muhtoj 17 kishi Halab shahri kasalxonasiga olib borilgan. Qurolli isyonchilar Fua va Kafraya shaharlarini 2015 yilning oktyabridan beri nazorat qilib kelayotgan edi. BMT mazkur aholi punktlariga oxirgi bor o‘tgan yilning sentyabrida yordam olib borgan.

Damashq viloyatiga yetkazilgan gumanitar yordam orasida oziq-ovqat, tibbiy preparatlar va boshqa yuklar bor. Yordam 19500 kishiga mo‘ljallangan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!