Dahshat! Eng yirik bozorning binolaridan biri koronavirus sababli morgga aylantirilmoqda

Dahshat! Eng yirik bozorning binolaridan biri koronavirus sababli morgga aylantirilmoqda

Fransiya poytaxti Parij shahri yaqinida joylashgan mamlakatdagi eng yirik Ranjis bozorining binolaridan biri koronavirus sababli morgga aylantiriladi. Bu haqda Le Parisien xabar berdi.

Fransiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi mazkur bozorning binolaridan biri yaqin kunlar ichida dafn marosimlari xizmatlarining ishini yengillashtirish uchun morgga aylantiriladi. Qayd etilishicha, bunga o‘xshash holat 2003 yilda, kuchli jazirama sababli o‘limlar soni ortib ketgan vaqtda ham kuzatilgan.

Nashrning yozishicha, mazkur binoni morgga moslashtirish ishlari 2 aprel, payshanba kuni, boshlangan. 800-1000 ta jasadni qabul qilishi kutilayotgan morgni 6 aprel kunidan ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Mart oyining oxirida Madriddagi savdo markazlaridan birida joylashgan muz ustida konki uchish uchun mo‘ljallangan majmua koronavirusdan vafot etganlarning jasadlarini saqlash uchun foydalanilishi ma’lum qilingan. Nyu-York ko‘chalarida esa koronavirusdan vafot etganlarning jasadlarini olib chiqib ketish uchun muzlatgichli yuk mashinalari o‘rnatildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 952 ming kishiga yetgan, 48 mingdan ortiq odam vafot etgan, 202 ming bemor tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Fransiya koronavirusdan eng ko‘p jabrlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi, mazkur mamlakatda to‘rt mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan, mamlakatning butun hududi bo‘ylab umumiy karantin e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!