D vitamini va terining qarishi: nimalar to‘g‘ri-yu, qaysi yondashuv xato ekanini bilasizmi?

D vitamini va terining qarishi: nimalar to‘g‘ri-yu, qaysi yondashuv xato ekanini bilasizmi?

Keling, D vitamini haqiqatan ham organizm uchun nihoyatda zarurmi, bu vitaminni terining yoshligi va go‘zalligini xavf ostiga qo‘ymasdan kerakli miqdorda olish mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilaylik.

Ma’lum davrlar oldin pediatrlar raxit va boshqa muammolarning oldini olish uchun bolalarga D vitamini qabul qilishni tavsiya etgan. Ammo o‘sha paytda dunyo ultrabinafsha nurlarining zararidan dahshatga tushmagan edi. Bugun biz ko‘proq narsalarni bilamiz va hech qachon avvalgidek beparvo bo‘lmaymiz.

Birinchi afsona. D vitamini terining holatiga ta’sir qilmaydi

Unday emas. D vitamini asosan ultrabinafsha nurlar ta’sirida terida sintezlanadi. To‘qimalar qarishi umumiy jarayonning o‘zida 75 foizga kamayadi. Bu salbiy holat, chunki D vitaminining optimal darajasi teri mustahkamligini yaxshilashga, kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga, teri serjiloligini oshirishga va ajinlar bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, u to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarini bostirish uchun muhim va husnbuzar paydo bo‘ladigan teri uchun zarur bo‘lgan ba’zi omillarni rag‘batlantiradi.

Ikkinchi afsona — organizmga kerak bo‘lgan miqdorni olish uchun quyoshda bir necha daqiqa turish kifoya

Afsuski yo‘q. Organizm uchun zarur bo‘lgan D vitamini miqdorini olish uchun siz haftada bir marta quyoshda taxminan bir soat vaqt sarflashingiz lozim. Va bu quyoshdan himoya kremisiz amalga oshirilishi kerak. Gap shundaki, 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun zarur bo‘lgan sutkalik doza 600 IU (xalqaro birlik)ni tashkil qiladi.

Uchinchi afsona — barcha vitaminlarni “sog‘lom” oziq-ovqatlardan olish mumkin

Biz iste’mol qiladigan narsalar organizm uchun juda muhim, ammo oziq-ovqatlar har doim ham uning ehtiyojlarini to‘liq qondirmaydi. D vitaminini o‘z ichiga olgan oziq-ovqat miqdori biz xohlagan darajada ko‘p emas — yog‘li baliq, jigar, mol go‘shti. Ishoning, ularni doimiy va ko‘p miqdorda iste’mol qilish juda muammoli. Ba’zi diyetologlar kuniga bir marta zardob oqsilini o‘z ichiga olgan sut mahsulotlarini iste’mol qilishni tavsiya qiladi, ammo bu ham katta savol. Shuning uchun bu holda faol biologik qo‘shimchalarga e’tibor qaratish o‘rinli.

To‘rtinchi afsona — qarishga qarshi kurashda teri uchun faqat antioksidantlar kerak

D vitamini to‘liq antioksidant bo‘lib, ultrabinafsha nurlar ta’sirida to‘qimalarda lipidlarning oksidlanish jarayonini kamaytiradi va hujayra membranalarini yo‘q qilishdan himoya qiladi.

Beshinchi afsona — kosmetikada D vitamini kamdan kam uchraydi

Yo‘q, bunday emas. Aksincha, D vitamini kosmetologiyada faol qo‘llaniladi. Masalan, qarishga qarshi teri mahsulotlarining bir qismi sifatida — kremlar, losyonlar va hatto, lab bo‘yog‘i (gigiyenik bo‘lsa ham) tarkibida bu vitaminni uchratish mumkin. D vitaminlarining butun guruhi ishlatilmaydi, albatta. Lekin asosan faol modda bo‘lgan kalsiferol (D3) qo‘llaniladi. Ba’zida moddaning sun’iy shakllari qo‘shiladi. Buning foydali tomoni shuki, organizm tomonidan tabiiy ravishda ishlab chiqarilgan, oziq-ovqat yoki biologik faol qo‘shimcha sifatida qabul qilingan vitamin ta’sirini kuchaytiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!