CNN: AQShning Ukrainaga yetkazib berishga va’da qilgan ba’zi qurol va o‘q-dorilar zaxirasi kamaydi

CNN: AQShning Ukrainaga yetkazib berishga va’da qilgan ba’zi qurol va o‘q-dorilar zaxirasi kamaydi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam doirasida va’da qilingan ba’zi qurol va o‘q-dorilar zahiralari qisqarishiga duch keldi, deb yozadi CNN hukumatdagi bir nechta manbalarga tayanib.

Xususan, gap 155 millimetrli artilleriya o‘q-dorilari va Stinger ko‘chma zenit-raketa tizimlari haqida bormoqda. Shuningdek, CNN manbalarining fikricha, Ukrainaga va’da qilingan boshqa qurollar, jumladan Javelin tankga qarshi ko‘chma raketa tizimlari, shuningdek, HARMS va GMLRS raketalarini ishlab chiqarishda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin.

Hozircha Qo‘shma Shtatlarda zaxiralari qisqartirilgan qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni tezda yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularni Yevropadagi ittifoqchilardan so‘rashning uddasidan chiqilmayapti.

Shu bilan birga, AQSh rasmiylari mamlakat xavfsizligi hech qanday sharoitda xavf ostida qolmasligini va har bir yetkazib berish AQShning strategik zaxiralariga va mudofaa rejalariga ta’sirini hisobga olgan holda baholanganini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!