Chimkentdagi tug‘uruqxona yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Chimkentdagi tug‘uruqxona yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Portlash oqibatida ikki qavatli «Kasalxona qoshidagi 138-dorixona» MCHSh binosida yong‘in yuzaga kelgan. Shuningdek, Chimkent favqulodda vaziyatlar xizmati xabariga ko‘ra, portlash natijasida bir bino qisman qulagan hamda yaqinda joylashgan besh qavatli uy xonadonlaridan birining derazalari va balkoniga zarar yetgan, bundan tashqari, yettita yengil avtomobil zarar ko‘rgan.

Tengrinews aniqlik kiritishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga gaz to‘planib qolishi sabab bo‘lgan. Voqea joyida qorovuli va bir nafar chaqaloq halok bo‘lgan. Boshqa jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q .Hodisadan keyin tug‘uruqxonadan 100 ga yaqin odam evakuasiya qilingan. Ba’zi OAVlar kislorod balloni portlaganini yozmoqda. Polisiya portlash holati yuzasidan jinoiy ish ochdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!