Chexiya Rossiya pasportiga ega bo‘lganlarga fuqarolikni berishni to‘xtatishi mumkin

Chexiya Rossiya pasportiga ega bo‘lganlarga fuqarolikni berishni to‘xtatishi mumkin

Chexiya hukumati xavfsizlik xavflarini minimallashtirish uchun rossiyaliklarga Rossiya pasportidan bosh tortgandan keyingina fuqarolikni berishni taklif qildi. Bu haqda Blesk xabar bermoqda .

O‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan parlament xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Martin Ekner chiqdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi rahbari Vit Rakushan bu fikrni qo‘llab-quvvatladi.

«Xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat bizdan Rossiya fuqarolarining fuqarolikni olish haqidagi ko‘paygan so‘rovlariga javob berishimizni talab qilmoqda», — deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!