Chechenlar Ramzan Qodirovga ultimatum qo‘yishdi

Chechenlar Ramzan Qodirovga ultimatum qo‘yishdi

23 iyun kuni Grozniyda Checheniston respublikasi xalqlarining Butunjahon kongressi boshlandi. Tadbir doirasida tinglovchilar Checheniston rahbari Ramzan Qodirov faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun rezolyusiya qabul qildilar, deb yozadi «Grozniy-inform».

Kongress ishtirokchilari Ramzan Qodirovdan respublika rahbari uchun sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda nomzod sifatida qatnashishni qat’iy talab qilishdi.

Fransiyadagi chechenlar ittifoqi vise-prezidenti Ali Bajayevning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov xalq oldida mintaqa rahbari uchun saylovga borishga majburdir. «Dunyo bo‘ylab chechenlar to‘g‘risida salbiy fikr shakllanayotgan bir paytda, Checheniston Respublikasidan tashqarida yashovchi barcha xalqimiz vakillari bu yerda yuz bergan o‘zgarishlardan juda mamnun. Keng ko‘lamli loyihalar yoshlarimiz uchun eng yaxshi startni yaratishga imkon berdi. Chechen xalqi ushbu yutuqlarning barchasini respublika uchun tinchlik va farovonlikka erishgan inson nomi bilan bog‘laydi», - dedi u.

Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonov ham chechenlar "ekstremistlar va terrorchilar degan tamg‘adan xalos bo‘lganlarini" ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Qodirov tomonidan qilingan ishlarning natijasidir.

May oyida Checheniston rahbari mintaqa aholisi uning nomzodiga qarshi chiqsa, saylovlarda qatnashishdan bosh tortishga tayyorligini e’lon qildi. "Agar aholining bir necha foizi ham mening nomzodimga qarshi chiqsa, men saylov uchastkasiga bormayman", - dedi Qodirov va u hali ham saylovlarda ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilmaganligini ta’kidladi.

Qodirov Chechenistonni 2007 yil aprelidan buyon boshqarib kelmoqda - aprel oyida gubernator korpusidagi o‘zgarishlardan so‘ng, u mintaqa rahbari sifatida ishining davomiyligi bo‘yicha yetakchiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!