ChatGPT "TikTok"ni dunyodagi eng mashhur ilova maqomidan "mahrum qildi"

ChatGPT "TikTok"ni dunyodagi eng mashhur ilova maqomidan "mahrum qildi"

Shov-shuvga sabab bo‘lgan ChatGPT tarixdagi eng tez rivojlanayotgan servis-ilovaga aylandi va atigi ikki oy ichida obunachilari sonini 100 milliondan oshirdi. Va bu hali hamma mamlakatlarda ishlamasligi va faqat ingliz tilini qo‘llab-quvvatlashiga qaramay.

Taqqoslash uchun, 100 million obunachini to‘plash uchun TikTok 9 oy, Instagram esa 2,5 yil sarflagan edi, deb yozdi Engadget.

Hisobotda aytilishicha, ChatGPT yanvar oyida kuniga o‘rtacha 13 million noyob foydalanuvchiga ega bo‘lgan, bu dekabr oyidagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p.

OpenAI kompaniyasining ChatGPT xizmati o‘tgan yilning oxirida internetni zabt etdi. Bu qiyin savollarga oson va ishonchli javob beradigan, shuningdek, nasr, she’r yoki kompyuter kodini yozishi mumkin bo‘lgan bepul chatbot hisoblanadi.

ChatGPT generativ sun’iy intellekt (SI) asosida ishlaydi. U katta hajmdagi ma’lumotlarga o‘rgatilgandan so‘ng yangi kontent yarata oladi.

Fevral oyi boshida OpenAI kompaniyasi ChatGPT Plus deb nomlangan oyiga 20 dollarlik pulli versiya paydo bo‘lishini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!