Buyuk britaniyalik ayol zo‘riqib ishlagani tufayli yuzi falajlanib qoldi

Buyuk britaniyalik ayol zo‘riqib ishlagani tufayli yuzi falajlanib qoldi

Buyuk britaniyalik ayol zo‘riqib ishlagani tufayli yuzi falajlanib qoldi, deya xabar bermoqda Darakchi nashri.

Lids shahrida istiqomat qiluvchi Emi Grin (Amy Green) boshi og‘rib, tili shishib uxlashga yotadi. Buni charchaganiga yo‘yadi. Ertasiga tongda esa yuzi falajlanib uyg‘onadi. Shifokorga ko‘ringanda, unga Bell falajlanishi tashxisi qo‘yiladi.

Shunda ham Grin ishga qatnayveradi. Tez orada yuzining o‘ng tarafi umuman ishlamay qoladi. Shifokorlar uni o‘n kunlik davolanish kurslariga yotqizishadi.

Ayolning aytishicha, u hamisha zo‘riqib ishlagan va doim stress holatida bo‘lgan.
Hozirda Grin sog‘-salomat. Uning butunlay davolanishi uchun esa ikki yil muddat ketgan.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!