Buyuk Britaniyada o‘z-o‘zini yakkalaganlarga pul to‘lanishi mumkin

Buyuk Britaniyada o‘z-o‘zini yakkalaganlarga pul to‘lanishi mumkin

Buyuk Britaniya hukumati fuqarolarda koronavirus aniqlangan bo‘lsa va ular uyda o‘z-o‘zini yakkalashsa ularga pul to‘lashni taklif qilmoqdalar. Bu haqda  The Guardian xabar bermoqda.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, fuqarolarning ko‘pchiligi karantin qoidalariga rioya qilmaydi hamda kasalikka test topshirishdan qochmoqda. Ushbu qonun loyihasi hali tasdiqlanmagan. Ushbu to‘lov oyiga beriladi va 500 funt sterlingni (685 dollar) tashkil etadi.

Ayni paytda faqat eng kam daromad topadigan odamlar moddiy yordam olishadi. Loyiha uchun hukumat tomonidan taxminan 2 mlrd funt sterling sarflanishi ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!