Buxorolik otadan 5 yillik aliment undirildi

Buxorolik otadan 5 yillik aliment undirildi

 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasida ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq, mazkur qonun normasiga ayrim ota-onalar birdek amal qilavermaydi.
  Byuroning Kogon tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 18.09.2014 yildagi ijro hujjatiga asosan Kogon tumanida yashovchi qarzdor A.Xamitovdan undiruvchi M.Ikromova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun 29 mln. 904 ming so‘m aliment pullari undirildi. Ota-ona voyaga yetmagan farzandi uchun mas’ulligini har doim his etishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!