Buxoroda talonchilar qo‘lga olindi

Buxoroda talonchilar qo‘lga olindi

2019 yil 22 mart kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahri A.Navoiy ko‘chasida noma’lum shaxslar Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida yashovchi A.B.ni yuziga qo‘llari bilan urib, ichida netbook va uning qurilmalari, mobil telefoni va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasi hamda cho‘ntagidagi pullarini olib, voqea joyidan yashiringanlar. Natijada A.B. jarohat olib, kasalxonaga murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar 4-mikrorayonda yashovchi A.S., uning birga yashovchi akasi R.S., G‘alaba ko‘chasida yashovchi S.E. va Bo‘stonliq tumani Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi S.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatalari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!