Buxoroda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

Buxoroda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda samarali kurash olib borilmoqda

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda Buxoro shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro A.F.ning qo‘lidagi sumka o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu sumkada 173,15 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!