Buxoroda chet elga ishga ketmoqchi bo‘lganlar pullaridan ayrildi

Buxoroda chet elga ishga ketmoqchi bo‘lganlar pullaridan ayrildi

Jondor tumanida yashovchi 34 yoshli B.F.ning 2020 yil 09 mart kuni Buxoro shahar 1-son IIBga yozgan arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida, Shofirkon tumanida yashovchi, “XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MCHJning viloyat hududiy filiali rahbari lavozimida ishlagan, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro X.O Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan ofisida Polsha va Latviya davlatlariga ishga yuborishni va’da qilib, 2019 yil fevral oyidan may oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro B.F.dan 15.000.000 so‘m, 2019 yil iyun oyida Jondor tumanida yashovchi boshqa bir fuqaro, 1978 yilda tug‘ilgan A.H.dan 17.000.000 so‘m pullarini olib firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. 

Hozirda X.O.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!