Buxoroda 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi

Buxoroda 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi

29 may kechasi O‘zbekiston hududida 4,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Podslushano v Buxare» kanaliga asoslanib Daryo nashri.

Zilzila o‘chog‘i 2 kilometr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, unga eng yaqin shahar 37 kilometr uzoqlikdagi 11 ming aholiga ega Gazli shahri.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 1976 yilning 8 aprel hamda 17 may sanalarida, shuningdek, 1984 yilning 20 martida Gazlida kuchli zilzila sodir bo‘lib, shaharga katta talofat yetkazgan.

8 yil ichida 7 magnitudadan yuqori bo‘lgan uch martalik yer osti silkinishlari dunyo seysmologiya tajribasida kamdan-kam hollarda uchraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!