Buxoro shahrida xodimlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi

Buxoro shahrida xodimlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.” MCHJ sobiq hisobchisi D.U. MCHJga tegishli korporativ kartadan 961,5 mln so‘mni naqdlashtirib olib o‘zlashtirganligi hamda korxonaning 59 nafar xodimining 99 mln so‘m ish haqini shaxsiy kredit to‘lovlari uchun yo‘naltirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!