Buxoro aeroportida xalqaro aviaqatnovlar soni 5 barobarga oshiriladi

Buxoro aeroportida xalqaro aviaqatnovlar soni 5 barobarga oshiriladi

Buxoro aeroporti orqali xalqaro aviaqatnovlar soni 5 barobarga oshiriladi. Kelgusi besh yilda viloyatda katta-kichik 255 ta mehmonxona barpo etiladi, 60 ta yangi turizm marshrutlari tashkil qilinadi.

Turizm bilan bir qatorda, boshqa xizmatlarni ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Jami bu sohada 50 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xususan, xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida 2 ta yirik savdo majmuasi barpo etiladi. Shuningdek, qiymati 200 million dollarlik 500 ta loyiha amalga oshirilib, 15 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi. G‘ijduvonda hududlararo ulgurji savdo markazi quriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!