Bulung‘urda “Lasetti” ag‘darilib yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi

Bulung‘urda “Lasetti” ag‘darilib yo‘lovchisi qurbon bo‘ldi

Joriy yilning 27 may kuni soat 01:30 larda, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, “Ulug‘bek” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1058 km.da haydovchi, 1980 y.t. X.T. (erkak) “Lasetti” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1984 y.t. M.T. (erkak) boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasiga yaqinlashib, orqa o‘ng yon tomonidan urib, YTH sodir etishi oqibatida “Lasetti” avtomobili ag‘darilgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1984 y.t. X.K. (erkak) og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur YTH yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!