Bugun Qozog‘istonda umummilliy motam kuni: COVID-19 qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanadi

Bugun Qozog‘istonda umummilliy motam kuni: COVID-19 qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanadi

Bugun Qozog‘istonda koronavirus epidemiyasi qurbonlarini xotirlaydigan Umummilliy motam kuni.

Nur-Sulton vaqti bilan soat 12:00da respublika bo‘yicha bir daqiqalik sukut saqlanadi.

Shu munosabat bilan butun mamlakat bo‘ylab va diplomatik vakolatxonalar binolarida bayroqlar tushirib qo‘yiladi.

Ayni damdan boshlab davlat tashkilotlari saytlari oq-qora tus olgan.

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Yelbasi  koronavirus epidemiyasi qurbonlari oilalari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!