Britaniya Rossiyani ayblamoqda

Britaniya Rossiyani ayblamoqda

Britaniya razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina g‘allasini eksport qilish uchun olib ketayotgan fuqarolik kemalari yo‘liga dengiz minalarini o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

“Maxfiy... dalillar Rossiyaning Qora dengizdagi fuqarolik kemalariga hujum qilishda davom etishi, jumladan, Ukraina portlariga yaqin joyda dengiz minalarini qo‘yishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi chorshanba kuni kechqurun Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Shu bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayanib, Rossiya Ukrainani fuqarolik kemalarini minalar bilan portlatganlikda ayblashga harakat qilishini aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!