Bosniya polisiyasi migrantlarni qafaslarda saqlagani ma’lum bo‘ldi

Bosniya polisiyasi migrantlarni qafaslarda saqlagani ma’lum bo‘ldi

Bosniya polisiyasi qafaslarga o‘xshash kameralarda saqlangan migrantlar videosi e’lon qilingandan keyin ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganini rad etdi. Polisiyada ta’kidlanishicha, bu qafaslar Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qurilgan hamda noqonuniy migrantlarni vaqtinchalik saqlash bloklari hisoblanadi.

Migrantlarning farzandlari bilan kichik kameralarda saqlangani videosini Are You Syrious xayriya tashkiloti e’lon qilgan.

Videoda bir-biridan sim to‘r bilan ajratilgan kichik kameralardagi odamlarni ko‘rish mumkin. Ta’kidlanishicha, video migrantlardan biri tomonidan jo‘natilgan. Xayriya tashkiloti videodagi migrantlar iroqliklar ekani, ular orasida 5 bola, jumladan 3 yoshli bola bo‘lganini ma’lum qilgan.

Polisiyaning ta’kidlashicha, videodagi ob’ekt chegaradagi Klobuk punktida joylashgan bo‘lib, unda Chernogoriyadan kirgan va deportasiya qilinishini kutayotgan migrantlar saqlanadi.

Bosniya va Gersegovina chegara polisiyasi o‘z ob’ektida migrantlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linganini rad etadi , deyilgan polisiya bayonotida.

Polisiyaning ta’kidlashicha, kameralarda kondisionerlar va isitgichlar bo‘lgan, migrantlar qulfloq saqlanmagan hamda kameralarda Chernogoriya polisiyasi ularni ortga qaytarib olmaguncha bor-yo‘g‘i 2 soat o‘tirishlariga to‘g‘ri kelgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!