Bog‘chalarni bir emas, ikki vazirlik tekshirib boradi

Bog‘chalarni bir emas, ikki vazirlik tekshirib boradi

Bog‘chalar faoliyatida huquq ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaviy omillarni oldini olish maqsadida Adliya va Maktabgacha ta’lim vazirliklari qo‘shma ko‘rsatmani imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Endilikda, bog‘chalarda yuzaga kelayotgan korrupsiyaviy va qonunni buzish omillarni oldini olish va bu borada mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha bog‘chalarda o‘rganishlar o‘tkazish uchun Adliya va Maktabgacha ta’lim vazirliklari hamda ularning quyi tizimlarida hamkorlikda ishchi guruhlar tuziladi.
 
O‘rganishlarda maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirilgan bolalar sonining muassasa qamroviga nisbatan holati, ularda ovqatlanishni tashkil etish hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi, bog‘cha xodimlarining mehnat intizomiga rioya qilish holati singari jihatlarga alohida e’tibor beriladi.
 
Ishchi guruhlar bog‘chalarni o‘rganish jarayonida tegishli hujjatlarni talab qilish, aniqlangan holat yuzasidan mas’ul xodimlarini chaqirtirish, ulardan tushuntirishlar olish, zarur hollarda mutaxassislar jalb qilish, ular bilan birgalikda tekshirish o‘tkazish, o‘rganish natijalari bo‘yicha aybdor xodimlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarini bajaradi.
 
Bundan tashqari, ishchi guruhlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali bog‘chalarga yo‘llanmalarni berish jarayonini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazib boriladi.
 
Shuningdek, Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari tomonidan faqatgina Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyatini ogohlantirgan holda bog‘chalarda reydlar o‘tkazilishi mumkin.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!