BMT Ukrainadan Efiopiyaga oziq-ovqat yetkazib berish uchun kema ijaraga oldi

BMT Ukrainadan Efiopiyaga oziq-ovqat yetkazib berish uchun kema ijaraga oldi

BMT Ukrainadan Efiopiyaga oziq-ovqat yetkazib berish uchun Brave Commander kemasini ijaraga oldi, dedi jahon tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

“BMT Brave Commander kemasini ijaraga oldi. Kema tez orada Ukrainaning Yujniy portiga yetib borishi kutilmoqda, u yerdan BMT Jahon oziq-ovqat dasturi tomonidan to‘langan bug‘doyni olib ketadi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “TASS”.

Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, bu Qora dengiz tashabbusi ostida BMT kemasining birinchi jo‘natmasi bo‘ladi.

Kema 10 avgust kuni tekshiruvdan so‘ng Istanbul portidan jo‘nab ketgan va Jibutida yuk tushiradi, shundan so‘ng bug‘doy Efiopiyaga ketadi.

Ta’kidlanishicha, BMT yaqin vaqt ichida muhtoj davlatlarga oziq-ovqat jo‘natish uchun yana bir nechta kemalarni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!