BMT Turkmanistonni dunyodagi eng "sharmandali" davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

BMT Turkmanistonni dunyodagi eng "sharmandali" davlatlar ro‘yxatiga kiritdi

BMT Turkmanistonni xalqaro inson huquqlari tashkilotlari, jumladan BMT bilan hamkorlik qilgan fuqarolarini ta’qib qiladigan «sharmandali» mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Ro‘yxatga 38 ta davlat qayd etilgan bo‘lib, Turkmaniston ro‘yxatning 38-pog‘onasidan joy oldi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish mazkur hisobot haqida gapirar ekan, BMT bilan hamkorlik qilayotgan alohida shaxslarni jazolash «sharmandali amaliyot» hisoblanishini va unga barham berish lozimligini ta’kidladi.

1992 yildan beri BMT a’zosi bo‘lgan Turkmaniston tashkilot tuzilmalari bilan mustaxkam hamkorlik qilish, shunindek o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni, jumladan, inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarga amal qilishdan manfaatdor ekanligini aytib keladi.

Shunga qaramay Turkmaniston xalqaro tashkilotlar hisobotlarida yildan yilga inson huquqlari borasida jahondagi eng yomon mamlakatlar ro‘yxatida qayd etilmoqda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!