BMT Bosh kotibi dunyo mamlakatlari yetakchilariga murojaat qildi

 BMT Bosh kotibi dunyo mamlakatlari yetakchilariga murojaat qildi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish COVID-19 pandemiyasi tushunmovchiliklarni kuchaytirayotganini aytdi.

Antoniu Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, jahon moliya tizimidagi vaziyat ko‘pchilik insoniyatga ta’sir qilmoqda. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga putur yetkazuvchi tengsizlik kuchayib bormoqda. Hayvonlar va o‘simliklarning ko‘p turlari har qachongidan ham tezroq yo‘q qilinmoqda. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar falokatlarning oldini olish uchun juda sekin kechmoqda. Biz yangi texnologiyalarni emas, ular bizni boshqarishda davom etmoqda. Davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaymoqda.

«Biz juda xavfli vaziyat yoqasida turibmiz, ammo orqaga qadam tashlash o‘zimizga bog‘liq. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun hali kech emas... Lekin biz bir daqiqa ham o‘tkazib yubormasligimiz kerak», — dedi BMT Bosh kotibi.

Antoniu Guterrish butun dunyodagi odamlarning farovonligi, sayyoramiz salomatligi va kelajak avlodlarning omon qolishi birlashish va muammolarni jamoaviy hal qilish istagiga bog‘liq, deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!