Bloomberg: Yevropa Ittifoqi Google'ning monopoliya bo‘yicha da’vosini rad etdi

 Bloomberg: Yevropa Ittifoqi Google'ning monopoliya bo‘yicha da’vosini rad etdi

Google kompaniyasi e’tiroz bildirmoqchi bo‘lgan qaror 2017 yilda qabul qilingan. O‘sha vaqtda Yevropa Ittifoqining Monopoliyaga qarshi komissiyasi "Google internet-qidiruv bozoridagi hukmron mavqeini suiiste’mol qilyapti va qidiruv natijalarida o‘z xizmatlarini tavsiya qilmoqda", degan xulosaga kelgan edi.

Evropa Ittifoqining oliy sudi kompaniyaning shikoyatini rad etdi. Da’vo rad etilgani munosabati bilan Google 2,4 milliard yevro jarimaga tortiladi.

Shuningdek, AQShda ham onlayn reklama bozorini noqonuniy monopollashtirish bo‘yicha sud jarayoni boshlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!