Bloger A. Nuritdinovning shikoyati rad qilindi va jazo o‘z kuchida qoldi

Bloger A. Nuritdinovning shikoyati rad qilindi va jazo o‘z kuchida qoldi

Xabaringiz bor, 2019 yil 30 dekabr kuni Andijon viloyat ma’muriy sudining ochiq sud majlisida Asaka tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan fuqaro Abdufatto Nuritdinov (bloger Otabek Nuritdinov) ga oid O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasi bilan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, A. Nuritdinov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi, 41-moddasi va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Bugun, 2020 yil 4 yanvar kuni, Andijon viloyat ma’muriy sudi kassasiya instansiyasining ochiq sud majlisida huquqbuzar A. Nuritdinov tomonidan Andijon viloyat ma’muriy sudining 2019 yil 30 dekabrdagi qarori ustidan kassasiya tartibida keltirgan shikoyati ma’muriy ish hujjatlari asosida ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.

Sud majlisida huquqbuzar A. Nuritdinov ishtirokida jabrlanuvchilar va guvohlar so‘roq qilindi. Huquqbuzarning ko‘rsatmalari va himoyachisining muzokara so‘zlari tinglandi.

Mazkur ma’muriy ish Andijon viloyat ma’muriy sudi sudyasi D. Xalilov raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud ushbu ma’muriy ish materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rgangan holda A. Nuritdinovning kassasiya tartibida berilgan shikoyatini rad qilib, qanoatlantirilmasdan qoldirish va Andijon viloyat ma’muriy sudi tomonidan 2019 yil 30 dekabrdagi unga nisbatan chiqarilgan qarorni o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qilinganligi ma’lum qilinadi.

Sudda raislik etuvchi tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarga e’lon qilingan qarorning mazmun mohiyati hamda kassasiya instansiya sudining qaroridan norozi bo‘lgan taraflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga nazorat tartibida shikoyat bilan murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!