Bitta baliq 1,8 million dollarga sotildi

Bitta baliq 1,8 million dollarga sotildi

Yaponiya poytaxti Tokioda har yili an’anaviy moviy tunes sotish bo‘yicha auksion o‘tkaziladi. Bu yilgisida 278 kilogrammli baliq 1,8 million dollarga sotildi. Xaridor Yaponiyadagi Sushi Zanmai sushi restoranlar tarmog‘ining egasi Kiyomura kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniya o‘tgan yilgi auksionda ham g‘olib bo‘lgan edi.

Lekin bu yilgi xarid Kiyomura kompaniyasiga “arzon”ga tushdi. O‘tgan yilgi tunes uchun 3 million dollar to‘langan edi.

NHK telekanaliga bergan intervyusida Kiyesi Kimurining, “bu narx bir dona baliq uchun o‘ta qimmatlik qiladi, biroq restoranimiz o‘z mijozlarini mazali tunes bilan mehmon qilishni xohlaydi”, - deb aytgan.

Moviy tunes – dunyodagi eng katta baliqlardan biri. Voyaga yetgan baliqning uzunligi 3 metrga, og‘irligi esa 680 kilogrammgacha yetishi mumkin. Moviy tunes sushi tayyorlashda asosiy qismlardan biridir. Hozirgi kunda bu tur yo‘qolib ketish arafasida. Tuneslar eng ko‘p Yaponiya sohillarida ovlanadi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!