Birlashgan Arab Amirliklarida zafar quchgan yosh karatechilar taqdirlandi

Birlashgan Arab Amirliklarida zafar quchgan yosh karatechilar taqdirlandi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida karate WKF bo‘yicha o‘tkazilgan “International Karate Open“ xalqaro turnirida mamlakatimiz karatechilari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

35 davlatning 1700 nafarga yaqin karatechisi bahs olib borgan murosasiz bellashuvlarda Toshkent shahri sportchilaridan Ali Baxtiyorov, Umarjon Karimov va Azizbek Islombekov o‘z yo‘nalishlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro musobaqada munosib natijalarga erishgan Toshkent tumani sport maktabi va “Keles karate” klubi sportchilarini tuman hokimi Odilxon Rustamov va sektor rahbarlari muborakbod etdi. Yosh sportchilar va ularning murabbiylari taqdirlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!