Bir oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan 21 yoshli ona qilgan jinoyatini eslay olmayapti

Bir oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan 21 yoshli ona qilgan jinoyatini eslay olmayapti

Ukrainaning Rovno shahrida dahshatli hodisa sodir bo‘ldi: 21 yoshli qiz bolasini o‘ldirib, endi eslay olmayapti.

Alevtina eri Vanya bilan baxtli hayotni boshlagan edi. Oilaga hammaning havasi kelardi. Qiz institutni bitirgan, eri esa yaxshi joyda ishlardi. Biroq farzandini dunyoga keltirgandan so‘ng qiz aqliy muammolarga duch kela boshladi.

Aytish kerakki, farzandini dunyoga keltirishiga oz qolganda qizda gepatit menenjensefaliti aniqlanadi. Shundan so‘ng Ivano-Frankivsk aqli zaiflar shifoxonasiga olib boriladi. Tug‘ruqdan keyin qizning ahvoli yaxshilashgach bir necha hafta o‘tib, unga uyiga ketishga ruxsat beriladi.

Biroq uyda dahshatli hodisa yuz beradi. Qizning turmush o‘rtog‘i uyiga kelib, qo‘llari qonga belangan xotinining bir oylik qizi ustida turganini ko‘radi. Alevtina oylik qizalog‘ining tomog‘ini kesib tashlagandi.

Qiz nafaqat harakatini tushuntira olmadi, balki qilgan ishlarini ham eslay olmadi. Mutaxassislarning aytishicha, bu xastalik - ensefalit belgisi hisoblanadi. Ko‘rinib turibdiki, miya yallig‘lanishi ruhiy murakkablikni keltirib chiqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!