«Bilki, iroda ahli ikki xil bo‘ladi»

«Bilki, iroda ahli ikki xil bo‘ladi»

Bilki, iroda ahli ikki xil bo‘ladi.

Ulardan ba’zilari Alloh taoloning savobini ko‘zlab, U Zotga ibodat qilish uchun sayr (Sayr – Alloh taolo tomon yurish) qiladi. Uning farzlarini ado etadi va harom qilgan narsalaridan chetda bo‘ladi. So‘ngra o‘z ixtiyori bilan imkoni boricha turli yaxshiliklarni qilib, do‘zaxdan najot topishga orzumand bo‘ladi. Shu tariqa Alloh taolo amal qiluvchilar uchun tayyorlab qo‘ygan savoblarga erishishdan umidvor bo‘ladi.

Boshqa birlari Alloh taolo tomon U Zotga ibodat qilish uchun sayr qiladi. Uning farzlarini ado etadi. Harom qilgan narsalaridan chetda bo‘ladi. So‘ngra ishlarini botiniga qaytadi. Ko‘ksida dunyoning muhabbati, izzattalablik, o‘zini baland olish, kibr, xirs va shahvatlar olovi (Shahvat – nafsning o‘z tabiati yaxshi ko‘rgan narsaga intilishi), shuningdek, havoi nafsning g‘olib kelishi, tamagirlik hasadgo‘ylik, maqtovga o‘chlik, dunyo ilinji kabi qalbni ko‘r qiladigan ko‘pgina ofatlar borligini anglab yetadi. Mazkur qalb mana shu mog‘orlar tufayli Alloh taolo sari yo‘l topa olmaydi, chunki uning dunyoga muhabbat qo‘yishida Robbiga xilof qilish bor. U Alloh taolo chetga surgan va past sanagan narsalarga muhabbat qo‘ydi. Uning o‘zini baland olishida Alloh taologa o‘xshashga harakat bordir. Shahvatlar olovida esa fitnalarning kattasi bordir. Havoning g‘olib kelishida javrning barchasi va Alloh azza va jallaning haqlaridan yuz o‘girish bordir. Uning qalbi hikmatdan va Alloh taoloning tadbirlarini bilishdan to‘silgandir. Bunday odam nafsining qulidir. U farzlarni biror narsaning ilinjida ado etadi, haromlardan ham biror narsaning ilinjida chetda bo‘ladi. Alloh taologa ibodat qilishi asosan havoi nafs uchun bo‘ladi.

Bunday banda har bir ish, amal va vaqtda sidqni qoim qilishga muhtojdir. U esa o‘z nafsi bilan ovoradir.

Kim Alloh azza va jallaning savobini istasa, yuqorida zikr qilingan ofatlarga qarshi jiddu-jahd qilish bilan cheklanadi va U zotga ixlosli bo‘lish uchun har bir ishda sodiq bo‘lishga intiladi.

Ammo kim Alloh taoloning O‘zini iroda qilsa, Alloh taolo sari yo‘lida unga in’om eshigi ochilguncha botinida ham sadoqatga intiladi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!