Benzema "Real"ning taklifini rad etdi

Benzema "Real"ning taklifini rad etdi

"Real" hujumchisi Karim Benzema klubning shartnomani uzaytirish taklifini rad etdi.

ABC telekanali xabariga ko‘ra, 33 yoshli fransuz 2024 yilning yozigacha shartnomani yangilashdan bosh tortgan. Buning o‘rniga u 2021/22 yilgi mavsumda ish haqining 10%, 2022/23 yilgi mavsumda esa 15% kamayishi bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.

Qayd etilishicha, Benzema klubga yuk bo‘lishni xohlamaydi va agar u jamoa darajasiga mos kelmasa, klubni tark etishga tayyor.

O‘tgan mavsumda Benzema 46ta o‘yin o‘tkazdi, 30ta gol urdi va 9ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!