«Ben Laden» laqabli quturgan fil vafot etdi

«Ben Laden» laqabli quturgan fil vafot etdi

Hindistonda «Al-Qoida» terrorchilik tashkiloti yetakchisi sharafiga Ben Laden laqabini olgan qotil-fil vafot etdi.

NDTV telekanali xabariga ko‘ra, quturgan fil oktyabr oyida qishloqlarning biriga hujum qilgan va besh nafar odamni yanchib o‘ldirgan. Fil bir oy davomida qishloq aholisini qo‘rquv ostida ushlab turgan, odamlar «Ben Laden» tufayli uylaridan chiqishga ham cho‘chigan. Filni tutish ishlari 11 noyabr kuni o‘tkazildi. Qo‘lga tushgan hayvon Milliy parkga olib kelindi va u yerda qo‘lga o‘rgatila boshlandi.

“Hindustan Times” gazetasining yozishicha, “Ben Laden” Assam shtatidagi Orang milliy parkida vafot etgan. Okrug aholisi jonivorning ozodlikka chiqarilishiga qarshi bo‘lgan: ular qotil filning yana o‘z «hunar»larini boshlashidan qo‘rqqan.

«Fil yakshanba kuni tongda o‘lik holda topildi. U kecha tunga qadar o‘zini yaxshi his qilayotgandi. Jonivorning nimadan o‘lgani tanasi yorib ko‘rilgach ma’lum bo‘ladi», — deya intervyu bergan milliy park xodimi.

Fil qo‘lga tushirilganidan keyin unga yangi “Krishna” laqabi berilgan. “Krishna” o‘limi tafsilotlarini aniqlashtiradigan veterinar filning kuchli psixologik inqiroz holatida bo‘lgani va tutish vaqtida kichik jarohat olganligini ma’lum qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!