Bekoboddagi baxtsiz hodisa oqibatida 32 yoshli ayol vafot etdi

Bekoboddagi baxtsiz hodisa oqibatida 32 yoshli ayol vafot etdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida joriy yilning 25 iyun kuni Bekobod shahar 13-dahada yashovchi 23 yoshli M.R. boshqaruvidagi “Nexia” avtomashinasini Dehqonobod qo‘rg‘onidan o‘tuvchi “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida boshqaruvni eplay olmay ag‘darilib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasiga ko‘ra, avtomashina yo‘lovchisi 32 yoshli N.S. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!