Bayrutdagi portlash sabablarini tekshirishda Interpol vakillari ham qatnashadi

Bayrutdagi portlash sabablarini tekshirishda Interpol vakillari ham qatnashadi

Halqaro jinoyat qidiruv tashkiloti – Interpol vakillari Bayrut portida yuz bergan portlash sabablarini aniqlashda ishtirok etish uchun Livanga yo‘l oldi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi. 

“Interpolning bunday yordam ko‘rsatishdagi tajribasi milliy hukumat uchun foydali bo‘lishi mumkin va biz Livan so‘ragan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyormiz”, – deydi tashkilot rahbari Yurgen Shtok.

Bayrutda Interpolning Hodisalarni tekshirish guruhi mutaxassislari ish olib boradi.

Ta’kidlanishicha, Livan rasmiylarining o‘zlari Interpol mutaxassislarini taklif qilishgan.. 

Eslatib o‘tamiz, 4 avgust kuni Bayrut portida xavfli tarzda saqlangan 2750 tonna ammiakli selitraning portlashi oqibatida 154 kishi halok bo‘ldi, 5 mingga yaqin kishi yaralandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!