Bayrutdagi portlash qurbonlari soni ortdi

Bayrutdagi portlash qurbonlari soni ortdi

Livan poytaxti Bayrutda 4 avgust kuni yuz bergan portlashdan keyin bedarak yo‘qolgan ikki kishining jasadi topilgan. Shu tariqa portlash qurbonlarining soni 179 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda “Evronyus”. 

Ma’lum bo‘lishicha, AQShning Federal qidiruv byurosi vakillaridan iborat delegasiya Bayrutdagi portlash bo‘yicha olib borilayotgan surishtiruvlarda qatnashadi. Ayni payt surishtiruvda Fransiya vakillari ishtirok etmoqda. 

Livan prezidenti Mishel Aun portlash bilan bog‘liq surishtiruv ishlari uzoq davom etishi mumkinligini aytdi. Ayni paytda u portlash bo‘yicha mustaqil komissiya tuzish haqidagi chaqiriqlarga qarshi chiqib, bu vaqtning boy berilishi sabab bo‘lishini ta’kidladi. Aun portlash tufayli iste’fo bermoqchi emas. 

“Bu mumkin emas, chunki bo‘shliqqa olib keladi. Hukumat iste’fo berdi, men ham iste’fo bersam, darhol saylov o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo hozir saylovning vaqti emas”, – dedi u. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!