Bayrutdagi portda yana katta miqdordagi portlovchi modda topildi

Bayrutdagi portda yana katta miqdordagi portlovchi modda topildi

3 sentyabr kuni Livan polisiyasi Bayrut portiga kirishga yaqin bo‘lgan hududdan 4.35 tonna miqdoridagi aminokislota topilgani haqida xabar berdi. O‘tgan oyda aynan shunday moddaning portlashi Bayrut portini vayron qilgandi.

NNA axborot agentligining ma’lum qilishicha, ayni paytda bu kimyoviy modda bilan armiya injenerlari ish olib bormoqda. Mazkur portlovchi moddalar portga olib kiruvchi to‘qqizinchi kirish hududi tashqarisidan topilgan.

Bayrutda avgustning 4 sanasida sodir bo‘lgan mudhish portlashlar sabab 190 ga yaqin odam halok bo‘lgan 6000 kishi jarohatlangandi. Shuningdek ,portga yaqin hududlar butunlay vayronaga aylandi. Hukumatning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu portlashga portdagi omborxonada bir necha yillardan beri xavfsiz sharoit yaratilmagan holda saqlangan 2750 tonna aminokislota sabab bo‘lgan.

Bu portlash o‘zi shundoq ham iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushib qolgan Livan xalqini achchiqlantirdi va shundan keyin hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi. Natijada, amaldagi hukumat iste’foga chiqarildi. Livanliklar port yaqinida yana katta miqdordagi portlovchi moddalar saqlanib, ularning hayoti xavf ostiga qo‘yilayotgani uchun yana darg‘azab bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!