Baydenning asosiy qo‘rquvi oshkor bo‘ldi

Baydenning asosiy qo‘rquvi oshkor bo‘ldi

Baydenning AQSh saylovlari oldidan asosiy qo‘rquvi oshkor bo‘ldi.

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati neft narxi oshishidan qo‘rqib, prezidentlik saylovlari oldidan Rossiya, Eron va Venesuelaga nisbatan yengilroq sanksiyalar joriy qilmoqda, deya The Washington Post xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlarining qayd etishicha, Vashington G‘arb iqtisodlari faoliyatiga zarar yetkazishdan xavotirda.

AQSh ma’muriyati vakiliga ko‘ra, Bayden amerikalik iste’molchilar uchun yonilg‘i quyish shoxobchalarida eng past narxni ta’minlash uchun “hamma narsa” qilmoqchi. AQSh G‘aznachiligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi sobiq rahbari Jon Smit Vashington sanksiyalarni g‘arb iqtisodlari faoliyatiga zarar bermaslik uchun “o‘ta ehtiyotkorlik bilan” joriy etishini tan olgan.

Avvalroq AQSh Baydenning Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Ol Saudni kamsitgani uchun uchun haq to‘layotgani haqida xabar berilgan edi. Ar-Riyod Vashingtonni neft dollarlari bo‘yicha kelishuvni yangilashdan bosh tortib, jazolamoqda.

Endilikda Qo‘shma Shtatlar “dunyo hukmronligi”ni yo‘qotish xavfi bor, deydi ekspert.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!