Bayden AQShga keladiganlar uchun limitni ikki barobarga oshirdi

Bayden AQShga keladiganlar uchun limitni ikki barobarga oshirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatda qochqinlar kvotasini ikki baravar oshirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, 1 oktyabrdan boshlanadigan 2022 moliyaviy yilida limit 62,5 mingdan 125 minggacha ko‘tarilgan. Baydenning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda shuncha qochqinlarni qabul qilish insonparvarlik nuqtai nazaridan yoki boshqa milliy manfaatlar uchun oqlanadi. Shu bilan birga, prezident ma’muriyati Yevropa mamlakatlari va Markaziy Osiyodan 10 ming qochqinni qabul qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!