Baxtsiz hodisa sabab 2 yashar qizaloq onasidan ayrildi

A A A
Baxtsiz hodisa sabab 2 yashar qizaloq onasidan ayrildi

Joriy yilning 14 noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi A.R. o‘zining Lacetti rusumli avtomashinasini “Otayurt” MFY hududidan o‘tuvchi 933-km.da haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan M.G‘. boshqaruvidagi “Kamaz-53215” rusumli yuk ko‘tarish avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
 
YTH natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
 
YTH jabrlanuvchilari – Lacetti avtomashinasi haydovchisi, uning 5 nafar yo‘lovchilari (ulardan 2 nafari ona va bola) jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
 
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay yo‘lovchilardan biri – 2 yoshli qizaloqning onasi O.S. vafot etgan.
 
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!