"Barselona" "Kamp Nou" maydonidan yasalgan olmoslarni 15 000 yevroga sotishni boshladi

"Barselona" "Kamp Nou" maydonidan yasalgan olmoslarni 15 000 yevroga sotishni boshladi

"Barselona" moliyaviy muammolarini yumshatish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda, har qanday imkoniyatdan pul ishlashga harakat qilmoqda.

Dushanba kuni ertalab klub internet-do‘konida bir qancha yangi narsalar paydo bo‘ldi, ular orasida 79,99 yevrolik futbol darvozasi to‘rlari bo‘lagi, 419,99 yevroga hoshiyalangan maydon bo‘laklari, 1000 yevrolik oltin "Kamp Nou" marjonlari va 699 yevroli oltin "Kamp Nou" nishoni.

Biroq, eng hayratlanarlisi olmoslar edi. Yarim karatli olmos 2,5 ming yevroga sotilgan, bir karatlik olmos esa xaridorga 15 ming yevroga tushadi. "Barselona"ning ta’kidlashicha, har bir olmos "Kamp Nou" stadionida maysaning karbonizasiyasi natijasida olingan ugleroddan yasalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!