“Baron–2: Sog‘inch” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tadi

“Baron–2: Sog‘inch” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston va Rossiya kinoijodkorlarining xalqaro terrorizmga qarshi kurash mavzusiga bag‘ishlangan birinchi loyihasi “Baron–2: Sog‘inch” filmining maxsus (yopiq) premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Dastlab, «Yulduz» kinoteatrida soat 15:00 da OAV uchun matbuot anjumani hamda soat 16:00 da filmning maxsus premyerasi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, film Inferno (Rossiya) va O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olindi. Rejissyor Rustam Sa’diyev. Filmda bosh rollarni Farhod Mahmudov, Kaan Urganjio‘g‘li, Igor Lifanov, Viktor Verjbitskiy, Viktoriya Tolstoganova ijro etgan.

Kartina real voqealarga asoslangan. Unda ikkala davlatning maxsus xizmati xodimlarining terrorchilik harakatlarining oldini olish bo‘yicha hamkorlikdagi amalga oshirgan ishlari ko‘rsatilgan.

S’yomka jarayonlari O‘zbekistonda, shuningdek Turkiya, Misr, Shveysariya, Suriya va Rossiya kabi davlatlarida bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!