BAAda koronavirus yuqtirganlarni aniqlashda itlardan foydalanilmoqda

BAAda koronavirus yuqtirganlarni aniqlashda itlardan foydalanilmoqda

BAA ichki ishlar vazirligi sil va bezgak kabi xavfli kasalliklarga chalinganlarni aniqlashda ham itlardan foydalanishga ruxsat berdi.

Birlashgan Arab Amirliklari ichki ishlar vazirligi koronavirusga chalinganlarni aniqlash uchun polisiya xizmat itlaridan foydalana boshladi. Bu haqda vazirlikning Twitter ijtimoiy tarmog‘ida joylangan bayonotida aytilmoqda.

"Vazirlik koronavirus tarqalishining oldini olishda foydalanish uchun polisiya itlarini shug‘ullantirishni muvaffaqiyatli yakunladi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, itlar ikki hafta davomida koronavirus yuqtirilgan namunalarni iskab topish bo‘yicha shug‘ullantirilgan va ular koronavirusga chalinganlarni 92 foizgacha aniqlikda topishga o‘rgangan. Ulardan odam gavjum joylarda kasallik tashuvchilarni aniqlashda foydalaniladi.

Bundan tashqari, BAA ichki ishlar vazirligi sil va bezgak kabi xavfli kasalliklarga chalinganlarni aniqlashda ham itlardan foydalanishga ruxsat berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, BAAda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 53 mingdan ortiqholat qayd etilgan, 327 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!