Ayol o‘zining pulidan ehson qilsa joizmi?

Ayol o‘zining pulidan ehson qilsa joizmi?

- Assalomu alaykum. Ayol o‘zining topayotgan daromadidan (eri bergan puldan emas) erining ruxsatisiz xayr-ehson qilishi mumkinmi?

- Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakotuh. Ayolning o‘zi ishlab yoki boshqa yo‘l bilan (masalan, meros, hadya orqali) topgan mulki o‘zining shaxsiy mulki hisoblanadi.

Binobarin, uni birovning ruxsatisiz tasarruf qilishi mumkin. Onalarimiz roziyallohu anhunna ham o‘zlari xayr-ehson qilishgan.

Agar u tasarruflarini erning maslahati bilan amalga oshirsa, er-xotinlik rishtalari yanada mustahkamlanishi va xayr-ehson yanada haqliroqqa berilishi mumkin.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!