Ayol bolasi bilan ular ustiga bostirib kelayotgan yuk mashinadan arang qochib qoldi (video)

Ayol bolasi bilan ular ustiga bostirib kelayotgan yuk mashinadan arang qochib qoldi (video)

Vyetnamning Xalong shahrida yuk mashinasi uchta avtomobilni urib yubordi va odamlarni bosib ketishiga bir baxya qoldi.

Haydovchi ayol yo‘l chetida to‘xtab, bolasi bilan mashinasidan tushganda qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan tirkamali yuk mashina yo‘l o‘rtasidagi beton ajratgichga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ayol o‘zi tomon bostirib kelayotgan yuk mashinasi yo‘lidan oxirgi lahzada qochib qolishga ulgurgan. Voqea guvohlardan birining mashinasidagi videoregistrator tomonidan muhrlangan.

Yuk mashinasi ikkita, jumladan ayol kelgan mashinani urib yuborgan va yo‘l chetida turgan yana bir mashinaga borib urilgan. Baxtli tasodif tufayligina yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!