Avtomobil oynasini qoraytirish uchun to‘lovning taxminiy narxi aytildi

Avtomobil oynasini qoraytirish uchun to‘lovning taxminiy narxi aytildi

O‘zbekistonda pullik asosda avtomobil oynalarini qoraytirish(tonirovka)ga ruxsat berish taklif etilyapti, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” Repostga tayanib.

Qaror loyihasiga ko‘ra, ort tomondagi oynani qoraytirish qiymati 3,44 million so‘m, ort tomondagi va ikkita yon oynani qoraytirish 6,9 million so‘mga teng bo‘ladi.

Loyihada old tomondagi oynalar nazarda tutilmagan. Xorijliklar uchun bu borada ruxsat olishlari uchun 15 AQSh dollari to‘lashi kerakligi ko‘rsatib o‘tilyapti.

Qayd etilishicha, bundan kelib tushgan mablag‘larning 90 foizi mahalliy byudjetga, shundan 50 foizi poytaxt, 40 foizi tuman byudjetiga yo‘naltiriladi. Mablag‘lar “Obod mahalla” dasturini va boshqa ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun sarflanadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi ommaviy murojaat “Mening fikrim” portalida 10 mingdan ziyod ovoz to‘plab, Oliy Majlis muhokamasiga o‘tgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!