Avstraliyada 12 daqiqa ishlayotgan kir mashinasida qolib ketgan mushuk tirik qoldi

Avstraliyada 12 daqiqa ishlayotgan kir mashinasida qolib ketgan mushuk tirik qoldi

Avstraliyada Oskar laqabli mushuk ishlayotgan kir mashina ichida 12 daqiqa qolib ketishiga qaramay tirik qoldi, deb yozadi “New York Post”ga tayanib "ekolog.uz".

Ikki yoshli mushukning egasi Amanda Meredit kir yoyishga chiqib ketgan. Shu paytda uning turmush o‘rtog‘i kir mashinaga yana kir solgan. Ayol mushukning miyovlashiga o‘xshash tovushni eshitdi, biroq bunga e’tibor bermagan.

Ushbu ovoz takror eshitilganida Amanda mushugini izlagan, biroq topa olmagan. Jonivorni oradan 10 daqiqa o‘tgach kir mashinasi ichidan topishgan.

Ayolning aytishicha, mushuk panjalari bilan kir mashinasi oynasiga tirmashib olib, aylanar hamda unga qarab turardi. Amanda kir mashinaning suvi to‘kilib, eshik ochilishini yana ikki daqiqa kutgan.

«Mushuk veterinariya klinikasida 24 soatni o‘tkazdi. U biroz jarohatlangan, shuning uchun muolajaga muhtoj edi. Uyga qaytganidan so‘ng mushuk bir hafta tinmay uxladi, keyin o‘ziga keldi» — deydi Amanda.

Amandaning aytishicha, Oskar ushbu voqeadan so‘ng kir mashinasidan qo‘rqmay qolgan. U mashina ichida kirlar aylanishini tez-tez tomosha qiladigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!